Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oʻsmirlarimiz CAFA U-16 Championship-2019 xalqaro turnirida qatnashadi
12:09 / 2019-07-25

Xabaringiz bor, Oʻzbekiston U-16 oʻsmirlar terma jamoasi 14-22-sentyabr kunlari Toshkentda oʻtkaziladigan Osiyo chempionati saralash bahslarida qatnashadi.


Xabaringiz bor, Oʻzbekiston U-16 oʻsmirlar terma jamoasi 14-22-sentyabr kunlari Toshkentda oʻtkaziladigan Osiyo chempionati saralash bahslarida qatnashadi.

Musobaqaga jiddiy tayyorgarlik koʻrish maqsadida Azamat Abduraimov shogirdlari poytaxtimizda yigʻin oʻtkazishdi. Ular 19-24-iyul kunlari tashkil etilgan oʻquv-mashgʻulot yigʻinida ishtirok etdi.

Poytaxtdagi yigʻin yakunlangach Azamat Abduraimov boshchiligidagi terma jamoamiz bugun “CAFA U-16 Championship-2019” musobaqasida ishtirok etish uchun Tojikistonga yetib bordi. Bu haqda OʻFA rasmiy sayti maʼlum qildi.

26-iyul – 1-avgust kunlari Tojikistonda oʻtkaziladigan CAFA U-16 Championship-2019 turnirida hamyurtlarimizdan tashqari Eron, Tojikiston, Turkmaniston, Afgʻoniston va Qirgʻiziston oʻsmirlar terma jamoalari ishtirok etadi.

Oʻzbekiston U-16 terma jamoasi oʻzining musobaqadagi ilk oʻyinni 26-iyul kuni soat 20:30da tojikistonlik tengqurlariga qarshi oʻtkazadi. Uchrashuvga Dushanbedagi “Markaziy” stadion mezbonlik qiladi.