English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘smirlar olimpiya o‘yinlariga yana bitta yo‘llanma
16:27 / 2018-05-19

Filippin poytaxti Manila shahrida trampolin bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida Osiyo chempionati davom etmoqda. Buenos-Ayresda bo‘lib o‘tadigan III o‘smirlar Olimpiya o‘yinlariga litsenziya beruvchi mazkur musobaqada yurtimiz sharafini Bobur Ahmadaliyev va Nikita Babenishevlar himoya qilishmoqda.

Hamyurtimiz Nikita Babenishev o‘z tengdoshlari orasida ikkinchi natijani qayd etdi va shu yilning 6-18 oktyabr kunlari Argentina poytaxti Buenos-Ayresda bo‘lib o‘tadigan o‘smirlar Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Birinchi o‘rin xitoylik, uchinchi o‘rin esa yaponiyalik sportchilarga nasib etdi.

E’tiborli jihati, O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi o‘smirlar Olimpiya o‘yinlariga gimnastikaning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha litsenziyalarga ega bo‘ldi. Bungacha sport gimnastikasida 2 ta, akrobatika va badiiy gimnastikada bittadan yo‘llanmalar qo‘lga kiritilgandi. Endi ular qatoriga trampolindan xam bitta yo‘llanma qo‘shildi.