Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘smir gandbolchilarimizning katta muvaffaqiyati
12:07 / 2015-07-15

Gandbol bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Italiyaning Milan shahrida tashkil etilgan Xalqaro gandbol federatsiyasining nufuzli musobaqasi – «Challenge Trophy – 2015» kubogi uchun bahslarda birinchi o‘rinni egallab, yurtimizga yorug‘ yuz bilan qaytdi.

Gandbol bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Italiyaning Milan shahrida tashkil etilgan Xalqaro gandbol federatsiyasining nufuzli musobaqasi – «Challenge Trophy – 2015» kubogi uchun bahslarda birinchi o‘rinni egallab, yurtimizga yorug‘ yuz bilan qaytdi.

Toshkent xalqaro aeroportida sportchilarimizni O‘zbekiston gandbol federatsiyasi vakillari, sport jamoatchiligi, ota-onalar, muxlislar, ommaviy axborot vositalari xodimlari kutib oldi.

Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimizda har tomonlama barkamol avlodni voyaga yetkazishning muhim vositasi sifatida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Buning samarasida O‘zbekiston gandbolchilari ham xalqaro miqyosdagi nufuzli musobaqalarda munosib ishtirok etib, yuqori natijalarga erishmoqda.

Davlatimiz rahbarining 2013-yil 25-fevralda qabul qilingan “O‘zbekiston sportchilarini 2016-yilda Rio-de-Janeyro shahrida (Braziliya) bo‘lib o‘tadigan XXXI yozgi Olimpiya va XV Paralimpiya o‘yinlariga tayyorlash to‘g‘risida”gi qarori sportchilarimizning xalqaro miqyosdagi nufuzli musobaqalarga puxta tayyorlanishi va munosib ishtirok etishi, terma jamoalarni yangi iste’dodlar bilan boyitishda muhim omil bo‘layotir.

Xalqaro gandbol federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan «Challenge Trophy – 2015» musobaqasida o‘ndan ziyod davlat terma jamoalari ishtirok etdi. Turnirda sportchilarimiz guruh bahslarida Gretsiya, Xitoy, Ispaniya, Italiya, pley-off bosqichida Fransiya va Polsha terma jamoalarini, final bahsida Daniya terma jamoasini mag‘lubiyatga uchratib, bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.

– Xalqaro maydondagi g‘alabalarimiz mamlakatimizda Prezidentimiz rahnamoligida yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilayotgan doimiy e’tibor va g‘amxo‘rlik tufaylidir, – deydi terma jamoa bosh murabbiyi Zafar Azimov. – Yosh sportchilarning mahoratini oshirishda o‘quv mashqlari bilan birga nufuzli musobaqalarning o‘rni beqiyos. “Challenge Trophy – 2015” ham gandbolchilarimizning tajriba va mahoratini oshirish barobarida ularning o‘ziga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga xizmat qiladi. Kelgusida bundan-da katta musobaqalarda yuqori natijalarni qo‘lga kiritishga harakat qilamiz.