Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oʻrta Chirchiqda Koreya texnologiyasi asosida joʻjalar koʻpaytirilmoqda
15:00 / 2020-09-19

Toshkent viloyati Oʻrta Chirchiq tumanidagi “Inter agro” masʼuliyati cheklangan jamiyati bundan uch yil ilgari tashkil etilgan boʻlib, korxonada Koreya texnologiyalari asosida joʻjalarni koʻpaytirish yoʻlga qoʻyilgan.


Toshkent viloyati Oʻrta Chirchiq tumanidagi “Inter agro” masʼuliyati cheklangan jamiyati bundan uch yil ilgari tashkil etilgan boʻlib, korxonada Koreya texnologiyalari asosida joʻjalarni koʻpaytirish yoʻlga qoʻyilgan.

Ayni paytda xorijdan olib kelingan nasldor tovuqlardan koʻpaytirilayotgan joʻjalar mahalliy hamkorlarga yetkazib berilmoqda. Har oyda yetishtirilayotgan bir million dona broyler joʻjalar asosan buyurtma boʻyicha ichki bozorlarga yuborilyapti. Shuningdek, Tojikistonning “Soʻgʻd parranda” korxonasiga ham shartnoma asosida 60 million bosh broyler joʻja eksport qilindi.

–Hozir korxonamizdagi ish oʻrinlari soni 35 nafarni tashkil etadi, – deydi korxonaning ishlab chiqarish va savdo boʻlimi boshligʻi Akbar Bekchonov. – Jahonning eng yaxshi brendi hisoblangan Avstriyaning “Aviagen” kompaniyasidan ROSS 308 broylerining ona joʻjalarini olib kelib, koʻpaytiryapmiz. Tuxumlar 15-22 kunda ochirib olinadi va 1,5-3 kunlik joʻjalar buyurtmachilarga yetkazib beriladi.

Maʼlumotlariga koʻra, pandemiya sharoitida joʻjalar tannarxi 3-3,5 ming soʻmni tashkil etmoqda. Shartnoma asosida “Chikken med layf” korxonasiga joʻnatilayotgan jajji parrandalar parvarishlanib, ulardan asosan goʻsht mahsulotlari sifatida foydalaniladi.