Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oʻrta Chirchiq tumanida 300 dan ziyod ishsiz yoshlar bandligi taʼminlandi
16:12 / 2020-10-25

Toshkent viloyati Oʻrta Chirchiq tumanida yoshlarni doimiy ish oʻrinlari bilan taʼminlash, xorijiy davlatlardan qaytib kelgan va keta olmagan fuqarolarga munosib ish oʻrinlarini taklif etish maqsadida “Ishga marhamat” loyihasi tashkillashtirildi.


Toshkent viloyati Oʻrta Chirchiq tumanida yoshlarni doimiy ish oʻrinlari bilan taʼminlash, xorijiy davlatlardan qaytib kelgan va keta olmagan fuqarolarga munosib ish oʻrinlarini taklif etish maqsadida “Ishga marhamat” loyihasi tashkillashtirildi. 

Unda 50 dan ortiq korxonalar 4 mingdan ziyod boʻsh ish oʻrinlari bilan ishtirok etdi. Hozir hududda 150 mingdan ortiq aholi istiqomat qilayotgan boʻlib, shundan 77 ming nafari mehnatga layoqatli hisoblanadi. 
photo_2020-10-25_17-10-26.jpg

Oʻrta Chirchiq tumani Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi rahbari Rustam Niyazovingdanning tayeidlashicha, tadbirda tumandagi 65 ta maxallalaridan 2 000 mingga yaqin mexnatga layoqatli ishsiz aholi qatntadbirdaashdi. 

Boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasidan soʻng, 150ga yaqin yoshlar uchun qiziqishlariga qarab tumandagi yirik ishlab chiqaruvchi korxonalarga sayoxat tashkil etildi. Xususan, Oʻrta Chirchiq tumani kichik sanoat zonasida joylashgan “Ria building group” masʼuliyati cheklangan jamiyati ish faoliyati bilan tanishish jarayonida hozirda ishsiz boʻlgan maktab bitiruvchisi Dilora Pardayeva oʻzi uchun maqul ish topib, korxona bilan mehnat shartnomasini tuzdi. 

photo_2020-10-25_17-10-34.jpg

Shuningdek, yoshlar “Koʻkcha tekstil”, “Humo bird” masʼuliyati cheklangan jamiyatilarida, farmatsevtika mahsulotlari va oyoq kiyimlar ishlab chiqaruvchi korxonalarga borishib oʻzlariga yoqqan yoʻnalishlarda ishlarni tanlab, mehnat shartnomalarni imzoladi. 

Mehnat yarmarkasida korxona va tashkilotlarga mingdan oshiq yoʻllanmalar berilib, 300 dan ortiq ishsizlar doimiy ish oʻrinlariga ega boʻldi.