O‘rmonda ro‘y bergan yong‘inda chet ellik sayyohlar halok bo‘ldi
9 sayyoh xalok bo‘ldi, 18 nafari esa jarohatlangan.
Hindiston janubidagi Tamilnad shtati Kurangani tog‘li hududida yuzaga kelgan yirik o‘rmon yong‘ini oqibatida kamida 9 sayyoh xalok bo‘ldi, 18 nafari esa jarohatlangan. Bu haqda ANI agentligi xabar berdi.Agentlikning Twitterdagi sahifasida qayd etilishicha, 27 kishi qutqarib qolindi. Ularning 8 nafarining ahvoli jiddiy.
Halok bo‘lganlarning millati haqida ma’lumotlar yo‘q.
NDTV telekanalining xabar berishicha, sayyohlar guruhi xalqaro xotin qizlar kuniga bag‘ishlangan trekking-turdan qaytib kelishayotgan edi
Hodisadan so‘ng mamlakat mudofaa vaziri Nirmala Sitxaraman harbiy havo kuchlarini qutqaruv-qidiruv amaliyotlariga jalb etgan. Ular kelguncha mahalliy aholi vakillari qidiruv ishlarini boshlab yuborishdi. Politsiyaning ma’lum qilishicha, keyingi vaqtlarda bu hududlarda bir necha yong‘in o‘choqlari qayd etilgani sababli sayyohlar safardan oldin tegishli organlardan ruxsat olishlari kerak edi.