Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘rmon yong‘inlari davom etayotgan Amazonkaga xayriya mablag‘lari yo‘naltirilmoqda
16:57 / 2019-08-27

“Earth Alliance” xayriya tashkilotining asoschilaridan biri Leonardo di Kaprio o‘rmon yong‘inlaridan jabr chekayotgan Amazonka mintaqasiga yordam berish uchun besh million dollar miqdorida mablag‘ yo‘naltirdi.


“Earth Alliance” xayriya tashkilotining asoschilaridan biri Leonardo di Kaprio o‘rmon yong‘inlaridan jabr chekayotgan Amazonka mintaqasiga yordam berish uchun besh million dollar miqdorida mablag‘ yo‘naltirdi.

Bundan avvalroq, Fransiya Prezidenti zudlik bilan Amazonkadagi o‘rmon yong‘inlarini o‘chirish uchun 20 million yevro yo‘naltirishini bildirgan edi. Kanada hukumati ham shu maqsadda 15 million dollar ajratishni va’da qilgan. Mamlakatning ushbu tashabbusi “katta yettilik” uchrashuvida kelishilgan umumiy yordamga aloqador emas.

Ma’lumki, Amazonka o‘rmonlarida yong‘in bir necha haftadan buyon davom etmoqda. Hozirgi kungacha olov qamrab olgan hudud 2018 yil davomida o‘t ketgan joyga nisbatan 82 foiz ko‘proq maydonni egallagan. Braziliyaning Milliy kosmik tadqiqotlar instituti (INPE) tomonidan taqdim etilgan ma’lumotga ko‘ra, payshanba va juma kunlarining o‘zida mamlakatda ro‘y bergan 1 ming 663 ta yangi yong‘inning teng yarmi Amazonka hududiga to‘g‘ri keladi.