Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oʻquvchilarning sevimli ustozi
15:40 / 2020-09-29

Buxoro viloyati Romitan tumanilik Nigora Hayotova 36 yillik pedagogik faoliyati davomida yuzlab shogirdlar tayyorlagan.

1-oktyabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni

Buxoro viloyati Romitan tumanilik Nigora Hayotova 36 yillik pedagogik faoliyati davomida yuzlab shogirdlar tayyorlagan.

Muallima tumandagi 8-umumtaʼlim maktabida tarix, milliy istiqlol va maʼnaviyat asoslari fanlaridan saboq bergan. Ayni paytda ushbu maskanda yosh avlodga yangi oʻquv yilida joriy etilgan tarbiya fanidan ustozlik qilmoqda.

–Yoshlar ongiga umuminsoniy qadriyatlar va yuksak maʼnaviyatni chuqur singdirish, ularni vatanparvarlik va insonparvarlik ruhida tarbiyalash biz, pedagoglar zimmasidagi muhim vazifalardandir, - deydi Nigora Hayotova. –Mazkur oʻquv yilidan joriy etilgan tarbiya fani ham ezgu gʻoyalar atrofida birlashgan yangi avlodni tarbiyalash maqsadiga xizmat qiladi. Ayni pandemiya sharoitida masofadan turib, multimedialar, elektron darsliklar orqali mashgʻulotlarni olib boryapmiz.

photo_2020-09-29_15-38-46.jpg