Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oʻquvchilarga tushunchalar berildi
17:30 / 2019-12-27

Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Yongʻin xavfsizligi institutida vatanparvarlik oyligi doirasida “Vatanga xizmat – oliy fazilat” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.


Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Yongʻin xavfsizligi institutida vatanparvarlik oyligi doirasida “Vatanga xizmat – oliy fazilat” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.

Toshkent shahar Sergeli tumani prokuraturasi, “Nuroniy“ jamgʻarmasi, tuman xalq taʼlimi boʻlimi, Yoshlar ittifoqi vakillari, tumandagi 300-davlat ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktabi qoshidagi “Jasorat” vatanparvar toʻgaragi aʼzolari, maʼnaviyat targʻibotchilari, professor-oʻqituvchilar, kursantlar, oʻquvchi-yoshlar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etgan tadbirda ishtirokchilarga Yongʻin xavfsizligi institutining professor-oʻqituvchilari va kursantlari tomonidan yongʻinlarni bartaraf etishda foydalaniladigan apparatlarni ishlatish tartibi, yongʻin oʻchirish texnikalarining taktik-texnik imkoniyatlari boʻyicha koʻrgazmali chiqishlar namoyish etildi. Mazkur moslamalardan foydalanish tartibi haqida tushunchalar berildi.

Shuningdek, “Jasorat” vatanparvar toʻgaragi aʼzolari tayyorlab kelgan badiiy dastur tadbirga oʻzgacha fayz kiritdi.

– Bu yerda yongʻin oʻchirish texnikalari, yongʻin oʻchirish anjomlari hamda mard, jasur akalarimizning harbiy qoʻshiqni baralla aytib, saf tortib oʻtishini tomosha qildik, – deydi Sergeli tumani 300-umumtaʼlim maktabi oʻquvchisi Azizbek Yusupov – Yongʻin oʻchirish vositalarini oʻz qoʻlimiz bilan ushlab koʻrdik. yongʻinlarni bartaraf etishda ishlatiladigan apparatlardan foydalanish tartiblari xususida yetarli maʼlumotlarga ega boʻldik.