Oʻquv mashgʻulotlari davomida togʻda yashirin ish olib borayotgan “terrorchilar guruhi“ qoʻlga olindi
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchilari bilan aholini turli vaziyatlarda terroristik va ekstremistik tahdidlardan himoya qilishda aniq va tezkor harakatlanish koʻnikmalarini yuksaltirib borish maqsadida murakkab togʻ sharoitlarida ham oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazilishi davom etmoqda.

Surxondaryo viloyatidagi Milliy gvardiya boʻlinmalaridan birida hafta davomida olib borilayotgan ana shunday oʻquvlar real holatga yaqinlashtirilganligi alohida ahamiyat kasb etib, harbiy xizmatchilarni ruhan toblaydi, jismonan va aqlan kamolga yetkazadi.
Respublikamiz boʻylab turli xil sharoitlarda doimiy ravishda oʻtkazib kelinayotgan oʻquv-taktik mashgʻulotlar shu maqsadga qaratilgan.
Bu mashgʻulotlar dovyurak oʻgʻlonlarning jangovar qobiliyatini oshirib, amalda oʻzlariga boʻlgan ishonchi ortishiga va sergak boʻlishlariga asosiy omil boʻlib xizmat qiladi.