English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘qituvchilar malaka oshirmoqda
14:30 / 2017-08-26

Poytaxtimizning Shayxontohur tumanida “Metodist o‘qituvchilar maktabi” faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi. Unda ta’lim muassasalari rahbarlari va mas’ul xodimlari, fanlar bo‘yicha metodist o‘qituvchilar qatnashdi.

Poytaxtimizning Shayxontohur tumanida “Metodist o‘qituvchilar maktabi” faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi. Unda ta’lim muassasalari rahbarlari va mas’ul xodimlari, fanlar bo‘yicha metodist o‘qituvchilar qatnashdi.

O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari S.Turg‘unov va boshqalar mamlakatimiz xalq ta’limi tizimida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, avvalo, yosh avlod ta’lim-tarbiyasi, ularning har tomonlama sog‘lom kamolga yetishiga xizmat qilishini ta’kidladi.

Tadbirda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik, 10-sinfda o‘qitiladigan fanlarning mazmun-mohiyati, dars jarayonida o‘qitishning zamonaviy ilg‘or shakllari, yangi pedagogik va axborot texnologiyalaridan keng foydalanish hamda “Mustaqillik darslari” va “Xotira darslari”ni samarali tashkil etish bo‘yicha metodik tavsiyalar berildi.

– Mazkur o‘quv-seminarlar pedagog kadrlar malakasini oshirish, ta’lim sifati va samaradorligini yuqori pog‘onaga ko‘tarishda amaliy ahamiyatga ega, – deydi Shayxontohur tumanidagi 20-umumta’lim maktabi direktori Shahnoza Qosimova. – Ushbu mexanizm fanlar bo‘yicha har bir tuman va shaharda metodist o‘qituvchilar maktabi faoliyatini yo‘lga qo‘yish asosida yosh o‘qituvchilar bilan ishlash jarayonini takomillashtirishga qaratilgan. O‘quv-seminarda olgan ko‘nikmalarimizni o‘qituvchilarimiz, ayniqsa, yosh pedagoglarimiz bilan almashamiz. Bu esa ish faoliyatimizda muhim ahamiyat kasb etadi.

Ta’kidlash joizki, metodist o‘qituvchilar maktabi tuman (shahar)dagi aniq bir fan bo‘yicha ilg‘or pedagogik tajriba va kasb mahorati yuqori bo‘lgan o‘qituvchilar salohiyatiga ega, tegishli fan kabineti talab darajasida jihozlangan, o‘quv-seminar va ochiq darslar tashkil etish imkoniyatlariga ega bo‘lgan maktablar orasidan tanlab olingan.

O‘quv-seminari qizg‘in bahs-munozaralar ruhida o‘tdi.