Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oʻqituvchilar faoliyatiga aralashish yoki toʻsqinlik qilish uchun javobgarlik belgilandi
10:00 / 2020-10-20

Ayniqsa, pandemiya sharoitida barcha taʼlim maskanlari toʻliq faoliyat yuritmagan davrda farzand tarbiyasi va bilim olishida pedagoglarning oʻrni nechogʻli beqiyosligini barcha birdek tushunib yetdi.


Oʻqituvchilikning oʻziga xos mashaqqatlari ham bor. 

Ayniqsa, pandemiya sharoitida barcha taʼlim maskanlari toʻliq faoliyat yuritmagan davrda farzand tarbiyasi va bilim olishida pedagoglarning oʻrni nechogʻli beqiyosligini barcha birdek tushunib yetdi.

Ammo bugungi kunda farzandiga taʼlim va tarbiya berayotgan oʻqituvchi (pedagog)larning mashaqqatli mehnatiga yetarlicha baho bermaydigan, qadrlamaydigan va ularning kasbiy faoliyatiga asossiz ravishda aralashayotgan hamda oʻz vazifalarini bajarishiga toʻsqinlik qilayotganlar ham uchrab turibdi.

Mana shunday holatlarning oldini olish va pedagoglar faoliyatiga aralashganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish maqsadida 2020-yil 21-iyul kuni “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun qabul qilindi.

Mazkur qonun bilan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeks yangi modda bilan toʻldirildi.

Unda taʼlim muassasasi pedagog xodimining kasbiy faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish yoki taʼlim muassasasi pedagog xodimining xizmat vazifalarini bajarishga toʻsqinlik qilish javobgarlikka sabab boʻlishi belgilandi.

Unga muvofiq, bunday turdagi huquqbuzarlik sodir etgani uchun fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravaridan 7 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa bazaviy hisoblash miqdorining 7 baravaridan

10 baravarigacha miqdorida jarima qoʻllaniladi, xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilsa, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining

7 baravaridan 10 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan 15 baravarigacha miqdorida jarima belgilandi.

Huquqbuzarlik sodir etilganida taʼlim muassasasi pedagog xodimi maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzmasdan sudga ariza bilan murojaat qilish huquqiga ega. U oʻz arizasida huquqbuzarning shaxsi, huquqbuzarlik sodir etilgan joy, vaqti va uning mazmuni, mohiyati hamda ishni hal etish uchun zarur boʻlgan boshqa maʼlumotlarni taqdim etishi lozim boʻladi.

Bundan tashqari, “Oʻqituvchilarning maqomi toʻgʻrisida”gi qonunni qabul qilish, unga pedagoglarning kasbiy faoliyatiga ota-onalar, vakolatga ega boʻlmagan idora va tashkilotlarning aralashish huquqiga ega emasliklari toʻgʻrisidagi normani kiritish, oʻqituvchilik faoliyatining erkinligi va kafolatlarini qonun yoʻli bilan mustahkamlash maqsadga muvofiq.

Bularning bari oʻqituvchilarimizning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning jamiyat va hayotdagi mavqeini yana-da oshirishga xizmat qiladi.

Alijon BINAQULOV,
Toshkent davlat yuridik universiteti
Huquqiy tashabbuslar markazi xodimi