English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oʻqish, mehnat va intilish barcha yutuqlar omili
14:04 / 2020-06-30

Prezidentimizning biz, yoshlarga yoʻllagan bayram tabrigini oʻqib koʻnglim togʻdek koʻtarildi.

Munosabat

Prezidentimizning biz, yoshlarga yoʻllagan bayram tabrigini oʻqib koʻnglim togʻdek koʻtarildi. Tabrikda amalga oshirilgan ishlarning sarhisobi bilan birga biz yoshlar oldiga qoʻyilgan vazifalar ham belgilab berildi.

Davlat rahbari boshchiligida yoshlar bilan bogʻliq eng muhim masalalarni belgilab olgan holda muammolarga yechim topish bugungi kunimizning ustuvor vazifasiga tom maʼnoda koʻtarildi. Yoshlar bandligini taʼminlash ana shunday dolzarb masalalardan biri edi. Turli loyihalar, uzoqni koʻzlab qilingan chora-tadbirlar bugun oʻzing mevasini bermoqda.

Yoshlarning tadbirkorligini rivojlantirish, ularni ham moddiy ham maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash maqsadida Yurtboshimiz tomonidan 2018-yil “Yoshlar kelajagimiz” jamgʻarmasi tashkil etildi. Oʻtgan davrning shu kuniga qadar mazkur jamgʻarmaning Gʻijduvon tumani filiali tomonidan jami 42 ta yosh tadbirkorga 10 milliard 860 million soʻm imtiyozli kredit ajratildi. Yosh tadbirkorlar tomonidan 500 ga yaqin ish oʻrni yaratildi.

Shu bilan bir qatorda yosh tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar nainki oʻzimizni bozorlarda balki jahon bozorlarida ham sotilishi yoʻlga qoʻyildi. Bugun yosh tadbirkorlarimiz yurtimizning ishonchli ishbilarmonlari qatoridan joy olayotgani davlat rahbari tomonidan yaratilgan mana shunday imkoniyatning natijasidir.

Yosh tadbirkorlar bizning faxrimiz, bizning qanotimiz, ertangi kunimizning mevasi va ishonchi. Biz doimo mana shu tadbirkorlarimizning faoliyatini davom ettirish uchun kamarbasta boʻlib davlatimiz rahbari tomonidan yaratilgan islohotlarga tayyor ekanimizni bildiramiz.

30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan ushbu qutlugʻ ayyomda barchamiz yoshlik inson umrining naqadar goʻzal va begʻubor fasli, ulkan orzu-umidlar, beqiyos imkoniyatlar davri ekanini yana-da chuqur his qilib, navqiron yoshlarimizga eng ezgu tilaklarimizni izhor etamiz.

Dilshod AZIMOV,

“Yoshlar kelajagimiz” jamgʻarmasi

Gʻijduvon tuman filiali rahbari