Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
OʻFAda Ahmadjonovning oʻrnini kim egallaydi?
08:39 / 2019-06-14

Xabaringiz bor, kecha Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov oʻz lavozimidan boʻshash haqida ariza yozgandi.


Xabaringiz bor, kecha Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov oʻz lavozimidan boʻshash haqida ariza yozgandi.

OʻFA prezidenti sanalmish Achilbay Ramatov hukumat aʼzosi, bosh vazirning birinchi oʻrinbosari hamda transport vaziri lavozimlarida faoliyat yuritib kelmoqda. Shu bois ayni paytda tashkilotda tashkiliy ishlarga asosan birinchi vitse-prezident javob beradi.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda OʻFA zudlik bilan navbatdagi hisobot-saylov konferensiyasini chaqirishga qaror qildi. Konferensiya bugun soat 17:00da OʻFA majlislar zalida oʻtkaziladi. Unda tashkiliy masala koʻriladi: Umid Ahmadjonov isteʼfosidan keyin boʻshab qolgan lavozimga munosib nomzod saylanadi.

Norasmiy maʼlumotlarga koʻra OʻFA birinchi vitse-prezidentligiga oʻzbek futbolining faxri, besh karra Osiyoning eng yaxshi hakami, jahon chempionatlarining final bosqichidagi oʻyinlarni boshqarish boʻyicha mutlaq rekordchi Ravshan Ermatov, “Lokomotiv” futbol klubi homiylaridan biri, Oʻzbekiston boks federatsiyasi raisining birinchi oʻrinbosari Saken Polatov hamda oʻz vaqtida “Lokomotiv” klubi bosh direktori lavozimida faoliyat olib borgan, hozirda OʻFA qoshidagi terma jamoalar oʻquv-mashgʻulotlar markazining direktori Rustam Abdullayevlarning nomzodi koʻrib chiqilmoqda.

Xoʻsh, masʼuliyatli lavozimni kim egallaydi? Buni tez orada bilib olamiz, saytimizni kuzatishda davom eting.