Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nyu-Yorkdagi ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi
09:10 / 2022-01-10

Nyu-Yorkdagi ko‘p qavatli uyda sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida kamida 19 kishi halok bo‘ldi, ulardan 9 nafari bolalar.

Shahar meri Erik Adams CNN telekanaliga bergan intervyusida Bronksdagi yong‘inda yana 63 kishi og‘ir tan jarohati olganini ta’kidladi.

Nyu-York shahri yong‘in xavfsizligi boshqarmasi komissari Daniel Nigro matbuot anjumanida 19 qavatli binodagi yong‘inga isitish moslamasining noto‘g‘ri ishlashi sabab bo‘lganini aytdi.

Uning so‘ziga ko‘ra, xonadon eshigi ochiq bo‘lgan va 60 dan ortiq odam tutun tarqalishi tufayli zaharlangan.

Hayotdan ko‘z yumgan bolalar 16 yoshgacha bo‘lib, binoda yashovchilarning aksariyati Gambiyadan kelgan musulmonlar edi.

Matbuot anjumanida Nigro 32 jabrlanuvchi turli kasalxonalarga yuborilganini aytdi.

200 o‘t o‘chiruvchi yong‘inni bartaraf etishda ishtirok etdi.