English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nyu-Yorkda Terrorizm qurbonlari global kongressi bo‘lib o‘tmoqda
15:05 / 2022-09-09

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nyu-Yorkdagi bosh qarorgohida Terrorizm qurbonlarining global kongressi o‘z ishini boshladi. Tadbir Terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi tomonidan tashkil etildi.

BMT  Bosh kotibining  o‘rinbosari – Terrorchilikka qarshi kurash  boshqarmasining  boshlig‘i Vladimir Voronkov  o‘z chiqishida ushbu kongress terrorizm qurbonlari va tashkilotga a’zo davlatlardagi Terrorizm qurbonlari uyushmalari  o‘rtasida himoya, xotira,  e’tirof, odil sudlovdan foydalanish va qo‘llab-quvvatlash kabi dolzarb masalalar bo‘yicha hamkorlikni o‘rnatish uchun zarur ekanligini  qayd etdi. 

Kongressning asosiy maqsadi terrorchilik hujumlari qurbonlari duch kelayotgan masalalarni xalqaro  hamjamiyat kun tartibiga kiritish, jabrlanganlarning huquqlarini milliy darajada himoya qilish bo‘yicha axborot va tajriba almashishdan iborat. 

Global kongress doirasida shuningdek,  terrorizmning 22 nafar qurboni hikoyalari asosida yaratilgan  “Xotira” nomli hujjatli film va  fotoko‘rgazma ham namoyish  etiladi. 

 

BMT matbuot kotibi materiallari asosida

G. Abdullayeva, tayyorladi, O‘zA