Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nyu-Yorkda “shukrona kuni” paradi o‘tkazilmoqda
16:18 / 2021-11-25

AQSHning Nyu-York shtatida an’anaviy Macyʼs – “shukronalik kuni” paradini o‘tkazishga katta tayyorgarlik ko‘rildi. Bu haqda euronews xabar berdi.

Parad bugun ertalab boshlangan, unda 800 dan ortiq masxaraboz va 10 ta orkestr ishtirok etayotgani ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, jonglyorlar qiziqarli tomoshalar tashkillashtirmoqda.

Ammo masalaning ikkinchi tomoni ham bor. Mamlakatda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat unchalik yaxshi emas, kasallikka chalingan fuqarolar soni kundan-kunga ortmoqda. Shu bois politsiya xodimlari ko‘chalarda nazoratni kuchaytirgan. Sanitariya qoidalariga qat’iy rioya qilish talab etilmoqda.  

Darvoqe, parad oldidan xavfsizlik choralari ham ko‘rilgan.