Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nyu-Yorkda «S5+1» vazirlari uchrashdi
13:05 / 2022-09-23

AQSH Nyu-York shahrida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 77-sessiyasi doirasida Markaziy Osiyo mamlakatlari va Amerika Qo‘shma Shtatlarining «S5+1»formatidagi Vazirlar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston va AQSH tashqi siyosat idoralari rahbarlari va vakillari tomonlarni qiziqtirgan yo‘nalishlardagi hamkorlikka oid dolzarb masalalarni muhokama qildilar.
Markaziy Osiyoning barqaror iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlash maqsadida «S5+1» formatida savdo va sarmoyaviy aloqani kengaytirish yo‘llari to‘g‘risida fikr almashildi. 

O‘zbekiston delegatsiyasi rahbari - tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov «S5+1» muhim muloqot mexanizmi bo‘lib, tuzilma doirasidagi hamkorlik samaradorligini oshirish borasida muayyan yutuqlarga erishilganini qayd etdi. O‘zbekistonning mazkur format doirasidagi tashabbuslari sifatida, jumladan, Markaziy Osiyo mamlakatlarida qishloq xo‘jaligi va to‘qimachilik sanoati sohasida xalqaro standartlarni joriy etish, muqobil transport yo‘nalishlarini rivojlantirish, "Yashil kun tartibi"ni ilgari surish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha takliflar bildirildi.

Tomonlar «S5+1» tarkibida yuqori va ekspertlar darajasida yaqin muloqotni davom ettirish, amaliy natijaga qaratilgan aniq choralar ko‘rishga kelishib oldilar.
 

O‘zA