Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nyu-Yorkda O‘zbek zargarlik brendlari namoyish etildi
15:27 / 2025-11-03

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati xabar berishicha, mahalliy ishlab chiqaruvchilar, eksportchilarning xalqaro yarmarka va ko‘rgazmalarda ishtiroki tizimli ravishda tashkil etilmoqda.

Xususan, oktyabr oyi so‘nggi kunlari vazirlik delegatsiyasi ishtirokida Amerika Qo‘shma Shtatlari Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tgan “O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati xabar berishicha, mahalliy ishlab chiqaruvchilar, eksportchilarning xalqaro yarmarka va ko‘rgazmalarda ishtiroki tizimli ravishda tashkil etilmoqda.” xalqaro ko‘rgazmasida yetakchi o‘zbek zargarlik kompaniyalari mahsulotlari namoyish qilindi.

Mamlakatimiz ayvonidan "Carato", "ST Tillo kori", "Fanon", "Souvenir" jamoalari uchun joy ajratildi. Tashrif buyuruvchilarga milliy uslubda tayyorlangan, an’anaviy naqsh zamonaviy dizayn yechimi bilan uyg‘unlashgan to‘plamlar taqdim etildi. Xalqimiz madaniy merosi durdonalarini aks ettiruvchi, dizayni, sifati va turi xorijlik mijozlar ehtiyojiga mos mahsulotlar ko‘pchilikda qiziqish uyg‘otdi.

Biznes dasturi doirasida o‘ndan ortiq chet el kompaniyalari vakillari bilan B2B formatida uchrashuv o‘tkazildi. Amerika zargarlari assotsiatsiyasi bilan uyushtirilgan muzokara sessiyasida barqaror biznes aloqalarini o‘rnatish, tajriba almashish va hamkorlik ko‘lamini kengaytirish istiqboli muhokama qilindi. Tomonlar sertifikatlash masalasi, mahsulotning maqsadli bozor talabiga muvofiqligi, Qo‘shma Shtatlarda ulgurji va chakana savdo tarqatish tizimi orqali milliy brendlarimizni targ‘ib qilish imkoniyatiga alohida e’tibor qaratdi.

Mazkur anjuman davomida qo‘shma reklama tadbirlari o‘tkazish, sanoat ko‘rgazmalarini keyingi mavsumlarda ishtirok etishga tayyorlash, mahsulotlar eksportbopligini oshirish uchun trening va maslahat sessiyalari tashkil etish fikri ma’qullandi. Shuningdek, logistika, shartnoma hujjati va intellektual mulk muhofazasi bo‘yicha qo‘shimcha munozaralar bo‘lib o‘tdi. Erishilgan kelishuvlar esa o‘zbek zargarlik an’analarini yangi bozorlarga olib chiqish, ta’minot geografiyasini kengaytirish va ixtisoslashgan investitsiya jalb qilish uchun yo‘l ochishi shubhasiz.

M.Pirmatova, O‘zA