Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nyu-Yorkda Marsning Yerdagi ulkan qismi kim oshdi savdosiga qo‘yildi
19:42 / 2025-07-14

Yer yuzasida topilgan Marsning yirik bo‘lagi chorshanba kuni auksionga qo‘yiladi. O‘ta noyob, sayyoramizga tegishli bo‘lmagan bu unsur 4 million dollargacha sotilishi mumkinligi taxmin qilinyapti.

Xorij ommaviy axborot vositalari xabar berishicha, "Sotheby's" auksion uyi meteoritga 1,6 million dollar dastlabki narx qo‘ydi. Ma’lumotga ko‘ra, zaminimizda topilgan Marsning avvalgi eng katta qismidan taxminan 70 marta kattaroq bu modda Yerga 225 million kilometr yo‘l bosib kelgan va Sahroi Kabirga qulagan. Meteorit ovlovchi topilmani 2023 yil noyabr oyida Nigerda topgan.

Mars bo‘lagi Yerda ajablanarli darajada kam uchrarkan. Hozir sayyoramizda 77 000 dan ko‘p tan olingan meteorit mavjud. Shundan faqat umumiy og‘irligi 375 kg keladigan 400 tasigina Marsga tegishli.

"Sotheby's" vakili aytishicha, topilgan buyumning og‘irligi 24,67 kilogramm. Bu hozir Marsning Yerda aniqlangan barcha unsurlari 6,5 foizini tashkil qiladi.

Mutaxassislar fikricha, meteorit yuzasidagi chuqurchalar jins atmosferadan harakatlanishi payti ishqalanish natijasida hosil bo‘lgan.

"Sotheby's Natural History" sotuvi doirasida o‘tadigan navbatdagi "Kim oshdi savdosi"da meteoritlar, shuningdek boshqa minerallar va qazilma buyumlari ham mavjud.

G.Sattorova, O‘zA