Nyu-York shahriga 1000 oʻringa moʻljallangan kema-shifoxona yetib keldiNyu-York shahriga 1000 oʻringa moʻljallangan kema-shifoxona yetib keldi
Kema-shifoxona Gudzon tomondan Manxetten sohiliga yetib keldi, deb maʼlum qildi RIA Novosti muxbiri.
Kema-shifoxona Gudzon tomondan Manxetten sohiliga yetib keldi, deb maʼlum qildi RIA Novosti muxbiri.
Comfort deb nom berilgan ushbu laynerning uzunligi uchta futbol maydoniga teng keladi. Kemaga mingta bemorni joylashtirish mumkin, yana 12 ta operatsiya qilinadigan xonalar ham bor, qolaversa, kemaga jadal sogʻlomlashtirish jihozlari ham oʻrnatilgan.
Xabarda aytilishicha, suzuvchi gospitalda koronavirusga chalinmagan boshqa bemorlar joylashtiriladi. Bu, Nyu-Yorkdagi kasalxonalarni virus yuqtirgan bemorlarga boʻshatib berish uchun qilinmoqda.
Hozirda AQSHning eng yirik shahri boʻlgan Nyu-York epidemiyaning oʻchogʻiga aylangan. Hukumat yana 3 haftadan keyin epidemiyaning eng yuqori choʻqqisiga yetishi arafasida shoshilinch choralar koʻrmoqda.
Kuni kecha Nyu-York shtatiga muhandislik qoʻshinlari ham yetib kelgan edi. Ular qoʻshimcha kasalxonalar quradi. Chunki hukumat shahar kasalxonalari bemorlar koʻpayib ketgandan keyin vaziyatni boshqara olmay qolishidan xavotir olmoqda. Shahardagi Jeykob Javitsa ekspomarkazi ham harbiylar kuchi bilan kasalxonaga aylantirildi, deyiladi xabarda.