Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nyu-York shahrida BMTTD rahbariyati bilan uchrashuv
11:04 / 2023-11-29

Shu kunlarda Ijtimoiy himoya milliy agentligi mas’ullari xizmat safari bilan AQSHning Nyu-York shahrida bo‘lib turibdi. Bu haqda agentlikning axborot xizmati xabar berdi.

Joriy yilning 27 noyabr kuni delegatsiya AQSHdagi ishchi tashrif tadbirlari dasturi doirasida BMT Taraqqiyot dasturi ma’muri Axim Shtayner hamda BMTTD Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha direktori Ivana Jivkovich o‘rtasida muzokaralar o‘tkazildi.  

Ijtimoiy himoya, kambag‘allik va ijtimoiy tengsizlikka qarshi kurashish, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, ayollar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni ish bilan ta’minlashni rag‘batlantirish, shuningdek, kasbiy tayyorgarlik dasturlarini amalga oshirish sohasida ilg‘or tajriba va kompleks strategiyani amalga oshirish masalalari bo‘yicha hamkorlik kelishuviga erishildi.  

Uchrashuv yakunida ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash, shuningdek, ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha o‘zaro hamkorlik yordamini ko‘rsatishni nazarda tutuvchi ikki tomonlama o‘zaro anglashuv memorandumini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.  

 

N.Ziyodullayeva,  

O‘zA