Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nyu-York shahri meri Samarqandda
17:55 / 2025-11-22

Yurtimizda mehmon bo‘lib turgan Nyu-York shahri meri Erik Adams 22 noyabr kuni Samarqand shahrida bo‘ldi.

Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi A.Boboyev mehmonni yurtimizga tashrifi bilan qutlab, AQSHning dunyoga mashhur shahri bilan savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish viloyat uchun manfaatli bo‘lishini qayd etdi.

O‘z navbatida Erik Adams boy tarix va madaniyatga ega Samarqandning jahon sivilizatsiyasida tutgan o‘rnini e’tirof etib, Nyu-York bu qadimiy kent bilan hamkorlik munosabatlarini rivojlantirishga tayyorligini bildirdi.

Nyu-York shahri meri Samarqandga safari davomida Amir Temur maqbarasi, Registon maydoni va boshqa tarixiy-madaniy yodgorliklar bilan tanishdi. Ushbu majmualarning yaratilish tarixi, ajdodlarimizning bunyodkorlik salohiyati haqida batafsil ma’lumot berildi.

– Samarqand haqida ko‘p eshitganman, kitoblarda o‘qiganman, – dedi Erik Adams. – Bugun esa bu betakror shaharda bo‘lib, u tasavvur qilganimdan ham go‘zal va hayratlanarli ekanligiga guvoh bo‘ldim. Ayniqsa, bir necha asrlik tarixiy obidalarning mukammal arxitekturaviy yechimi, Sharqona qiyofasi bizga juda yoqdi. Samarqand turistik salohiyati juda katta shahar ekan.

[gallery-26388]

AQSH delegatsiyasi Samarqand turizm markazidagi “Boqiy shahar” majmuasida milliy hunarmandlik mahsulotlari ko‘rgazmasini tomosha qildi hamda hunarmandlarning ish jarayonlarini bevosita kuzatish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

G‘.Hasanov, A.Isroilov (surat), O‘zA