Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nyu-York meri bilan uchrashuvda O‘zbekistonning raqamli salohiyati namoyish qilindi
11:34 / 2025-11-21

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Nyu-York shahri meri Erik Adams bilan uchrashib, raqamli iqtisodiyot, masofaviy bandlik, data-markazlar, kadrlar tayyorlash va autsorsing imkoniyatlari bo‘yicha keng qamrovli muzokaralar olib bordi.

Uchrashuv avvalida IT Park taqdimoti o‘tkazilib, O‘zbekistonda zamonaviy raqamli ekotizimni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, vazir mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar, kelgusidagi rejalar va erishilgan natijalar haqida to‘xtalib o‘tdi. UZSOC va Yagona integrator UZINFOCOM faoliyati bilan ham tanishtirdi.

Suhbat davomida O‘zbekistonda yangi bizneslar uchun yaratilgan qulay investitsion muhit va mavjud soliq imtiyozlari alohida ta’kidlandi. Shuningdek, mamlakat aholisi yiliga bir million nafardan ortiq ko‘payib borayotgani IT ta’lim sifatini yaxshilash va malakali mutaxassislar tayyorlashni strategik ustuvor vazifaga aylantirgani qayd etildi.

Uchrashuvda AT xizmatlari, data-markazlar, logistika tizimlari, masofaviy xizmatlar va mobil platformalar bo‘yicha hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi. O‘zbekistonda yirik data-markazlar qurilayotgani, xorijiy kompaniyalar bilan ma’lumotlar almashinuvi bo‘yicha hamkorlik kengayib borayotgani ta’kidlandi.

Tomonlar startap ekotizimini rivojlantirish, investorlar uchun yanada qulay sharoit yaratish va O‘zbekistonning xalqaro innovatsion markaz sifatidagi salohiyatini oshirish masalalarini ham muhokama qildi. Mamlakatning ko‘p millatli va boy madaniy muhiti ijodkorlikni rag‘batlantirayotgani aytildi.

Yakunda vazir Sh.Shermatov va Erik Adams birgalikdagi loyihalarni sinovdan o‘tkazish, yangi texnologik yechimlarni joriy qilish hamda o‘zaro hamkorlikni kengaytirishga tayyor ekanliklarini bildirdi.

Nigora Rahmonova, O‘zA