Nyu-York kino akademiyasi bilan hamkorlikning yangi formati ko‘rib chiqildi
Yaqinda O‘zbekiston delegatsiyasi AQSH Nyu-York kino akademiyasi (NYFA) rahbari Maykl Yang, strategiya bo‘yicha direktor va Los-Anjelesdagi kampus dekani Den Makler, shuningdek, akademik masalalar bo‘yicha direktor Son Kalderon bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muzokaralar chog‘ida tomonlar akademik faoliyat to‘g‘risida axborot almashib, kino ta’limi sohasida hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qildi.

Uchrashuv yakunida delegatsiyamiz vakillari “NYFA” o‘quv maskani bilan yaqindan tanishib, moddiy-texnik bazalarini ko‘zdan kechirdi.
Shubhasiz, bu tashrif kinematografiya sohasida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish uchun yangi istiqbollar ochadi.
A.Alimova tayyorladi,
O‘zA