Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nyu-York bosh prokurori firibgarlikda ayblanmoqda
19:54 / 2025-10-10

AQSH Virjiniya shtati hay’ati Nyu-York shtati bosh prokurori Letitsiya Jeymsga nisbatan bank firibgarligi bo‘yicha rasmiy ayblov e’lon qildi. Bu haqda mahalliy ommaviy axborot vositalari xabar bergan.

Gumondor 2020 yil ko‘chmas mulk xarid qilish uchun kredit olish jarayonida “asossiz ma’lumot taqdim etgani” aytilmoqda.

Ayblov Prezident Donald Tramp tanqidchilariga nisbatan boshlangan keng ko‘lamli tergov doirasida qo‘yilgan. Darvoqe, kuni kecha Federal tergov byurosi (FBR) sobiq direktori Jeyms Komiga ham shunga o‘xshash ayb e’lon qilingan.

Letitsiya xonim aybni to‘liq inkor etib, “asossiz va siyosiy intiqom ifodasi” deb atadi.

– Prezident davlat idoralaridan shaxsiy manfaati yo‘lida foydalanmoqda, –degan u o‘z bayonotida. – Bu adolatli tizimni qurbon qilishdir.

Donald Tramp 2024 yilgi saylovda g‘alaba qozongach, siyosiy raqiblariga qarshi tergov jarayonini kuchaytirgani haqida ma’lumot ko‘p. Masalan, u ijtimoiy tarmoq orqali yuqorida nomi keltirilgan ikki mulozimdan tashqari senator Adam Shiffni ham tergovga tortish haqida gapirgani ma’lum.

Avvalroq Nyu-York bosh prokurori Trampga nisbatan fuqarolik ishini boshlagan edi. Uning tashabbusi bilan sud Trampni firibgarlikda ayblab, 500 million dollar jarima to‘lashga majbur etgan. Keyinroq apellyatsiya sudi jarimani “haddan ziyod” deb topib, bekor qilgan.

Kuzatuvchilar ta’kidicha, Letitsiya Jeyms ishi atrofidagi voqealar Vashingtonda siyosiy raqobat yana keskinlashganini ko‘rsatmoqda.

Dilshod Hakimov, O‘zA