Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nurxon Qurbonova: Olimp cho‘qqisini zabt etish eng katta orzuim
22:21 / 2021-09-06

Tokio shahrida yakuniga yetgan Paralimpiya o‘yinlarining yengil atletika yo‘nalishida Nurxon Qurbonova kumush va bronza medalini qo‘lga kiritganidan xabaringiz bor.

Ayni damda sportchilarimizni kutib olish marosimi davom etmoqda.

O‘zA muxbiri Paralimpiya o‘yinlarida ikki medalni qo‘lga kiritgan Nurxon Qurbonova bilan nufuzli musobaqa taassurotlari haqida suhbatlashdi.

– Paralimpiya o‘yinlarining ikki medali muborak bo‘lsin. Musobaqa haqida to‘xtalib o‘tsangiz.

- “Tokio-2020” musobaqasining para yengil atletika turi bo‘yicha disk, nayza va yadro uloqtirish yo‘nalishida mamlakatimiz sharafini himoya qildim. Afsuski, dastlab hayajon va kichik xatolar sabab disk uloqtirishda medalni qo‘lga kirita olmadim.

Murabbiyimning aniq ko‘rsatmalari, ruhan tayyorlashi menga dalda bo‘ldi va yadro uloqtirish bo‘yicha 7.77 metr natija bilan bronza medaliga sazovor bo‘ldim. Shuningdek, “F54” klassida nayza uloqtirish bo‘yicha o‘tgan bahslarda 18.38 metr natija bilan shaxsiy rekordimni yangiladim hamda kumush medalni qo‘lga kiritdi.

– Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etishning o‘zi ulkan baxt! Aytingchi, shu ikki medalni oltin medalga almashtirgan bo‘larmidingiz?

– Olimp cho‘qqisini zabt etish har bir sportchining orzusi. To‘g‘ri, bu medallarga erishish ham bir orzu. Bu mehnatim, matonat va murabbiylarimning aniq ko‘rsatmalari evaziga erishilgan natija. Albatta, oltin medal barcha medallardan ustun. Nasib qilsa Parijda o‘tadigan Paralimpiya o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritaman.

– Samimiy suhbatingiz uchun rahmat!

– Fursatdan foydalanib, biz uchun barcha imkoniyatlarni yaratib berayotgan Prezidentimizga, Milliy paralimpiya qo‘mitasiga, meni duo qilib g‘alaba tilagan xalqimizga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.

 

O‘zA muxbiri Javohir TOSHXO‘JAEV suhbatlashdi.