Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nursulton shahrida MDH davlatlari Energetika kengashining 60-yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda
12:49 / 2022-07-14

14 iyul kuni Qozog‘iston poytaxti Nursulton shahrida MDH davlatlari Energetika kengashining 60-yubiley yig‘ilishi o‘z ishini boshladi.

Unda «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ boshqaruvi raisi D.Isaqulov yetakchiligida delegatsiya ham ishtirok etmoqda. 

Yig‘ilishni MDH davlatlari Energetika kengashining prezidenti, Rossiya Federatsiyasi energetika vaziri N.Shulginov ochib berdi. Shuningdek, yig‘ilishda so‘z olganlar sohadagi istiqbolli yo‘nalishlarga e’tibor qaratar ekan, bu jarayonda o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash har jihatdan foydali ekanini qayd etdi. 

Aytish joizki, yig‘ilishda MDH davlatlari elektr energetika tarmoqlari hamkorligi, qayta tiklanuvchi energiya manbalarining umumtizimga ta’siri, kamuglerodli elektr energetika yo‘nalishining rivojlanishi hamda sohaga innovatsion texnologiyalarni tatbiq etish masalalari muhokama etilmoqda. 

"O‘zbekiston MET» AJ axborot xizmatining ma’lum qilishicha, 14-15 iyul kunlarida o‘tkaziladigan mazkur yig‘ilish dasturidan sohaga doir ma’ruzalar tahlili, Muvofiqlashtiruvchi kengash ishining 6 ta masalasi, 61-yig‘ilishning sanasi va joyi masalalari muhokamasi, «MDH davlatlarida xizmat ko‘rsatgan energetik» unvoni bilan taqdirlash marosimi, shuningdek, «KEGOC» AJ Milliy dispetcherlik markazi hamda Qozog‘iston milliy muzeyiga tashrif tadbirlari o‘rin olgan. 

O‘zA