Nursulton Nazarboevga umrbod Turk kengashining faxriy prezidenti maqomi berildi
Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboevga umrbod Turk kengashining faxriy prezidenti maqomi berildi.
Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboevga umrbod Turk kengashining faxriy prezidenti maqomi berildi. Bu haqda Qirg‘iziston Madaniyat, axborot va turizm vazirligi tomonidan tarqatilgan Turk tilli davlatlar hamkorlik kengashining bayonotida ta’kidlanadi.
Ma’lum qilinishicha, bu tashabbus Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘on tomonidan ilgari surilgan va “1990 yillar boshlaridan beri turk dunyosini birlashtirish va turk integratsiya tashkilotini tuzishdagi Nursulton Nazarboevning rolini inobatga olgan holda” Turk kengashiga a’zo davlat yetakchilari tomonidan qo‘llab-quvvatlangan.
“Buyuk yetakchi Nursulton Nazarboevning g‘oya va loyihalari kelajakda ham Turk xalqlarining sa’y-harakatlarida dasturilamal bo‘laveradi”, – deyiladi bayonotda.