Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nurotadagi yoshlar forumi koʻtarinki ruhda oʻtdi
20:30 / 2019-10-01

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi Navoiy viloyat Kengashi tashabbusi bilan soʻlim Nurotaning “Chashma” meʼmoriy majmuasi markaziy maydonida “Oʻzbekiston Liberal-demokratik partisi — yangi Oʻzbekistonning yangi qiyofasini birgalikda yaratamiz!” shiori bilan ochiq osmon ostida Yoshlar forumi oʻtkazildi.


Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi Navoiy viloyat Kengashi tashabbusi bilan soʻlim Nurotaning “Chashma” meʼmoriy majmuasi markaziy maydonida “Oʻzbekiston Liberal-demokratik partisi — yangi Oʻzbekistonning yangi qiyofasini birgalikda yaratamiz!” shiori bilan ochiq osmon ostida Yoshlar forumi oʻtkazildi.

...“Chashma” meʼmoriy majmuasi har qachongidanda oʻzgacha: nurotalik yoshlar bilan gavjum. Partiyaning viloyat va Nurota tuman Kengashi, Nurota tuman hokimligi, Yoshlar ittifoqi tuman Kengashi, Maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi, jismoniy tarbiya va sport boʻlimi hamda xalq taʼlimi boshqarmasi mutasaddilarining saʼy-harakatlari bilan “Besh muhim tashabbus” doirasida tashkil etilgan tadbirda soʻzga chiqqanlar bugungi kun yoshlariga davlatimiz tomonidan qaratilayotgan alohida eʼtibor hamda oʻz oʻrnida bunga javoban yurt ravnaqi yoʻlida harakatini yanada jadallashtirish lozimligiga alohida toʻxtalib oʻtdi. Mamlakatimiz siyosiy maydoniga oʻz qatʼiy qarashlari va oʻz pozitsiyasiga ega boʻlgan yoshlar chiqajagi, ertamiz egalari bundan-da faol, bundan-da fidoyi boʻlishga chorlandi.

Forumda sanaʼtkorlarning musiqiy ijrolari, yosh sportchilarning koʻrgazmali chiqishlari, kurash, shaxmat-shashka musobaqalari, hunarmand yoshlarning qoʻl mehnati asosida tayyorlagan mahsulotlari, yosh rassomlarning koʻrgazmalari koʻpchilikda iliq taassurot uygʻotdi. Mavzu doirasida yoshlar sanʼat va madaniyat hamda sport musobaqalaridan tashqari “Eng yaxshi notiq”, “Eng yaxshi siyosatchi”, “Eng yaxshi kelajak deputati”, “Eng vatanparvar oʻgʻlon” nominatsiyalari boʻyicha ham oʻzaro kuch sinashdilar.

— Men forumda “Eng yaxshi kelajak deputati” nominatsiyasi boʻyicha gʻolib boʻldim, — deydi partiya faoli Sirojiddin Sirochev. — Shu bilan birga musobaqa jarayonida siyosiy savodxonligim ustida hali ancha ter toʻkishim kerakligini ham angladim. Men oʻzimga soʻz berdim, bir kun kelib, albatta, deputatlikka nomzodimni qoʻyaman va menga ishongan, menga ovoz bergan saylovchilarimning ishonchlarini oqlayman.

Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi tomonidan mamlakatimiz boʻylab saylov jarayonlarining boshlanishi oldidan yurtdoshlarimizning kayfiyatlarini koʻtarish va ularga ruhiy quvvat berish maqsadida oʻtkazilayotgan bu kabi tadbirlar aholi uchun madaniy hordiqqina boʻlib qolmay, balki ularning siyosiy jarayonlarga ham qiziqishlarini uygʻotishi shubhasizdir.

Tadbir yakunida 30 dan oshiq forum ishtirokchilari partiyaning Navoiy viloyati hududiy partiya tashkilotining esdalik sovgʻalari hamda tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.