Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nurota tumanida 342,9 milliard soʻmlik investitsiya oʻzlashtiriladi
15:10 / 2020-10-14

Tumanda 2020-2021-yillarda Investitsiya va hududiy dasturlar doirasida umumiy qiymati 871 milliard soʻmlik jami 161 loyihani amalga oshirish hisobiga 1638 ta yangi ish oʻrni yaratiladi.


Navoiy viloyati Nurota tumanida 2019-yilda asosiy kapitalga kiritilgan umumiy investitsiyalar hajmi 326,6 milliard soʻmni tashkil etib, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar hajmi 65,6 milliard soʻm, xorijiy kreditlar hajmi 35,6 milliard soʻmni tashkil etgan.

Joriy yilning oʻtgan 9 oyi mobaynida esa 76,9 milliard soʻmlik 78 ta loyiha ishga tushirildi. 552 ta yangi ish oʻrni yaratildi. Yil oxiriga qadar yana 50 ta loyihani ishga tushirish hisobiga 390 ta ish oʻrni tashkil etish rejalashtirilgan

Tumanda 2020-2021-yillarda Investitsiya va hududiy dasturlar doirasida umumiy qiymati 871 milliard soʻmlik jami 161 loyihani amalga oshirish hisobiga 1638 ta yangi ish oʻrni yaratiladi.

Amalga oshiriladigan ishlar natijasida 2020-yil yakuni bilan tumanda 342,9 milliard soʻmlik investitsiyalar toʻliq oʻzlashtirilib, shundan toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar 8,8 million dollarni yoki 26,2 foizni tashkil etishi kutilmoqda.

Shuningdek, 2020-yil yakuniga qadar sanoat ishlab chiqarish korxonalarini ishga tushirish, mavjud quvvatlarni oshirish natijasida 70 milliard soʻmlik qoʻshimcha quvvatlar yaratilishi hisobiga kichik biznes subyektlarining sanoat mahsulotlaridagi ulushi 100 foizga oʻsishga erishiladi.

Ayni paytda “Marmarobod” MCHJga Xitoy davlatidan 52 ta konteynerda uskunalar keltirilib oʻrnatish ishlari yakuniga yetkazilmokda. Shuningdek, 9 ta yangi konlar ochilib, zamonaviy qazish uskunalari keltirilishi natijasida 200 dan ortiq yangi ish oʻrinlari yaratiladi.

Bundan tashqari, tumanning olis Suvliq xududida yangidan aniqlangan granit konlarini oʻzlashtirish boʻyicha 5 ta korxona tomonidan 41 milliard soʻmlik loyihalar amalga oshirilmoqda.