Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nurota tumanida 1 ming 30 gektar maydonda madaniy kavrak plantatsiyalari tashkil etildi
14:32 / 2024-01-05

Bugungi kunda mamlakatimiz yaylovlarida 93 ming gektardan ortiq kavrak o‘suvchi maydonlar mavjud bo‘lib, mazkur yo‘nalishda 7 ta kavrakchilik klasteri tashkil etilgan. Ma’lumki, kavrak o‘simligining yog‘ingarchilik mavsumi boshlanishi oldidan ekilishi o‘simlikning keyingi rivojlanishi uchun foydali bo‘lib xizmat qiladi. Yana bir jihati shundaki, o‘simlikni ekish uchun qulay vaqtni tanlash katta ahamiyatga ega. Kuchli shamol vaqtlarida urug‘larni ekish tavsiya etilmaydi.

Navoiy viloyati Nurota tumanida kavrakchilik bilan shug‘ullanuvchi “Ferula export cluster” MCHJ tomonidan 1 ming 30 gektar yaylov yer maydonlariga texnika hamda qo‘l kuchi yordamida madaniy kavrak plantatsiyalari tashkil etildi. Mazkur plantatsiyalar bo‘yicha Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamda Kadastr agentligi tuman bo‘limi mas’ul xodimlari ishtirokida dalolatnomalar tuzildi. 

Davlatimiz rahbarining 2022 yil 27 apreldagi “Respublikada kavrak yetishtirishni rivojlantirish va sanoatlashtirishni rag‘batlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonida Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasiga respublikada yovvoyi holda o‘suvchi kavrak o‘simligi tabiiy zaxiralarini saqlash, ularning qayta tiklanishini ta’minlash, madaniy usulda kavrak plantatsiyalarini yaratish hamda qayta ishlash korxonalari va uy xo‘jaliklari o‘rtasida kooperatsiyani yo‘lga qo‘yish, kavrakdan olinadigan xom ashyoni qayta ishlash hamda tayyor va yarim tayyor mahsulot sifatida eksportga chiqarishni ta’minlash vazifalari qo‘yilgan. 

Shunga ko‘ra, 2022–2026 yillarda yana 30 ming gektar maydonda kavrak plantatsiyalarini barpo etish nazarda tutilgan. 

Gulnoza Boboyeva, O‘zA