Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nurota tumani va G‘ozg‘on shahrida targ‘ibotchilarning faoliyati qanday yo‘lga qo‘yilgan?
12:48 / 2022-09-26

FOTOREPORTAJ

Bu haqda O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Navoiy viloyati bo‘limi raisining Nurota tumanidagi maktablarga biriktirilgan ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchilar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda so‘z yuritildi.

Ta’kidlash joizki, Nurota tumani hamda G‘ozg‘on shahridagi umumta’lim maktablarining aksariyatiga faxriy ijodkorlar, tajribali jurnalistlar biriktirilgan bo‘lib, ular samarali faoliyat olib bormoqda.

bugungi kunda ular tomonidan maktablarda tashkil etilgan to‘garaklarda yuzlab jurnalistika, matbuot, ijod, san’atga qiziquvchi yoshlar jamlangan. Eng muhimi, ularning yutuqlari ham talaygina. Aksariyat targ‘ibotchilarning esa kitoblari ham chop etilgan.

[gallery-8924]

Muloqot davomida targ‘ibotchilarning ish faoliyati, ularning yutuqlari ko‘zdan xususida so‘z bordi.

Shuningdek, targ‘ibotchilar tomonidan tashkil etilgan to‘garaklar a’zolari, ya’ni iqtidorli o‘quvchilar bilan suhbatlashilib, ularning ijodlaridan namunalar tinglandi.

Samimiy tarzda kechgan muloqotda targ‘ibotchilar faoliyatini yanada jonlantirish bo‘yicha fikr-mulohazalar yuritildi. Asosiy maqsad esa ijodkor yoshlarni kashf etishga qaratilgan.


 


Siroj ASLONOV (surat),O‘zA