Nurota tog‘lari bag‘rida bahor nafasi
FOTOREPORTAJ
Bahor faslida Nurota tog‘lari etaklari o‘zgacha manzara kasb etadi. Qishning sovuq va sokin tabiati o‘rnini yam-yashil qirlar, mayin shamolda tebranayotgan o‘t-o‘lanlar egallaydi.
[gallery-27973]
Bahorning iliq nurlari tog‘ yonbag‘irlariga alohida chiroy bag‘ishlab, atrofga yangilanish nafasini olib kirgan. Bulutlar orasidan mo‘ralab chiqqan quyosh nuri tog‘ etaklarida rang-barang manzara hosil qiladi. Kenglikda yoyilgan yashil maydonlar, uzoqdan ko‘rinib turgan tog‘ silsilasi va sokin tabiat uyg‘unligi tomoshabinga o‘zgacha zavq bag‘ishlaydi.
Nurota tog‘lari bag‘rida namoyon bo‘layotgan bu manzara tabiatning betakror go‘zalligini yana bir bor namoyon etadi.
O‘zA fotomuxbiri
Siroj ASLONOV olgan suratlar