French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nuroniylarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yaxlit tizim yaratiladi
18:56 / 2020-01-24

Bugun mamlakatimizda aholi daromadlari va turmush darajasini oshirib borish, aholining ijtimoiy zaif qatlamlarini yanada qoʻllab-quvvatlash uchun qulay shart-sharoit yaratilmoqda.


Prezidentimiz yangi parlamentga yoʻllagan Murojaatnomasida barcha sohalar qatori aholini ijtimoiy himoya qilish, shu jumladan, pensiya va nafaqalar bilan taʼminlashga ham alohida toʻxtalib oʻtgani bejiz emas. Xususan, ishlayotgan pensionerlarga pensiyani toʻliq toʻlash tartibi joriy etilgani, ijtimoiy yordamga muhtoj va ehtiyojmand aholi uchun nafaqa miqdori 2 barobar koʻpaytirilgani ham buning amaliy isbotidir.

Asosiysi, “Inson manfaatlari hamma narsadan ustun” degan tamoyil asosida xalqimiz hayotini tubdan yaxshilash boʻyicha olib borilayotgan keng koʻlamli ijtimoiy islohotlar bundan keyin ham davom ettiriladi.

Mazkur Murojaatnomada 2020-yil aholining ijtimoiy taʼminoti boʻyicha amalga oshirilishi lozim boʻlgan asosiy vazifalar ham belgilab berildi. Jumladan, yil davomida pensiya va nafaqalar miqdori inflyatsiyadan yuqori miqdorda oshiriladi.

Jamiyatda eʼtibor qaratilishi lozim boʻlgan masalalar qatorida keksalar, jumladan, yolgʻiz keksalar bilan ishlash, ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yaxlit va taʼsirchan tizim yaratish borasidagi taklif bizni juda quvontirdi. Endi ular uchun ajratilayotgan ijtimoiy toʻlovlar miqdori ham qayta koʻrib chiqiladi. Bu borada qonuniy asos yaratiladi. Jumladan, Prezidentimizning nogironlik, dafn marosimi, boquvchisini yoʻqotganlik boʻyicha nafaqalar, ish paytida mayib boʻlganlik uchun tovon puli kabi toʻlovlarni qayta koʻrib chiqib, “Ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisida”gi qonunni ishlab chiqish borasida yangi parlamentga bergan tavsiyasi bunga yorqin misoldir.

Bugun mamlakatimizda aholi daromadlari va turmush darajasini oshirib borish, aholining ijtimoiy zaif qatlamlarini yanada qoʻllab-quvvatlash uchun qulay shart-sharoit yaratilmoqda.

Aholining ehtiyojmand qatlamini manzilli ijtimoiy himoya qilish davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri sifatida belgilangan. Ushbu saʼy-harakatlarning davomi sifatida 2020-yil 1-fevraldan pensiya va nafaqalarning miqdori 1,07 baravarga oshirilishi natijasida 3,6 million nafardan ortiq pensiya va nafaqa oluvchining moddiy taʼminoti yanada yaxshilanadi. Oshirilgan pensiya va nafaqalarni moliyalashtirish maqsadida davlat byudjetidan har oyda qoʻshimcha 20 milliard soʻm, Pensiya jamgʻarmasidan 173 milliard soʻm miqdorda mablagʻ ajratiladi.

Joriy yil 1-fevraldan boshlab mamlakatimizda mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori oyiga 679 ming 330 soʻm, pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori 238 ming 610 soʻm, eng kam yoshga doir pensiyalar 466 ming 680 soʻm, bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa 466 ming 680 soʻm qilib belgilandi. Shuningdek, zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa oyiga 286 390 soʻmga yetdi.

Bu yilgi Murojaatnoma uni tinglagan barcha hamyurtlarimizning qalbidan, yuragidan joy egalladi, desam adashmayman. Sababi unda xalqimiz manfaatlari toʻliq bayon etilgan.

Nuriddin SHADIXOʻJAYEV,
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi huzuridagi byudjetdan
tashqari Pensiya jamgʻarmasi
boshqarma boshligʻi