Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nuroniylarga ramazon tuhfalari topshirildi
12:53 / 2022-05-01

Samarqand viloyati vakillari Nukus tumanidagi to‘rtta sektor hududidagi o‘nta mahallada yashovchi nuroniylar va ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga 8 turdagi oziq-ovqatlardan iborat bayram tuhfasi topshirdi.

– Samarqand viloyati hokimligining tuhfalari bayramni yanada fayzli o‘tishini ta’minladi. – deydi 3-sektor hududidagi To‘ktov mahallasida yashovchi Eshniyoz Abdurasulov. – Bayramni to‘kin dasurxonda nishonlashga nima yetsin. Shuningdek, sektor hududidagi mavjud uch mahallaning yoshlar yetakchisiga mahallada sportni ommalashtirish uchun sport jihozlari jamlanmasi berildi.

Bundan tashqari, mahallalardagi ko‘chma kutubxonalarga 1000 dona badiiy kitob topshirildi. Tadbirlar davomida tumandagi uch nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi holidan xabar olinib, bayram sovg‘alari topshirildi.

G‘.HASANOV, 
A.ISROILOV (surat), O‘zA