Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nuroniylarga manzur bo‘layotgan "Maqom kechalari"
15:07 / 2021-10-08

Mamlakatimizda davom etayotgan "Keksalar haftaligi" doirasida joylarda musiqiy dasturlar, "Maqom kechalari" bo‘lib o‘tmoqda.

Mumtoz navolardan iborat bunday musiqiy dasturlar nuroniylarga g‘oyat manzur bo‘lmoqda. Davlatimiz rahbarining 2017 yil 17 noyabrdagi  "O‘zbek milliy maqom san’atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori ko‘hna san’atimiz rivojida yangi bosqichni  boshlab berdi.

 Maqom kechalari davomida xalqimiz madaniy merosining ajralmas qismi bo‘lgan milliy maqom san’ati o‘zining qadimiy tarixi, teran falsafiy ildizlari, betakror badiiy uslubi va boy ijodiy an’analari bilan ma’naviy hayotimizda alohida muhim o‘rin egallashi ta’kidlandi.

Musiqashunoslarning fikricha, asrlar davomida ulug‘ shoir va olimlar, mohir bastakorlar, hofiz va sozandalarning mashaqqatli mehnati va fidoyiligi, ijodiy tafakkuri bilan sayqal topib kelayotgan ushbu noyob san’at nafaqat yurtimiz va sharq mamlakatlarida, balki dunyo miqyosida katta shuhrat va e’tibor qozongan. Maqom san’atining gultoji bo‘lgan «Shashmaqom» YUNESKO tomonidan insoniyatning nomoddiy madaniy merosi sifatda e’tirof etilgani hamda uning Reprezentativ ro‘yxatiga kiritilgani buning yaqqol tasdig‘idir.

O‘tgan davr mobaynida mamlakatimizda maqom san’atini o‘rganish va rivojlantirish borasida muayyan ishlar amalga oshirildi. Ayniqsa, o‘zbek "Shashmaqom"i nota matnlarining nashr etilishi va ularga muvofiq ravishda maqom kuy-qo‘shiqlarining magnit lentalarga yozib olinishi ulkan ilmiy-madaniy ahamiyatga ega voqea bo‘ldi.

Qaror ijrosi natijasida joylarda namunaviy maqom ansambllari tashkil etilib, samarali faoliyat ko‘rsatmoqda. Bolalar musiqa va san’ati maktablarida qo‘hna musiqa san’atining sirlari yoshlarga mukammal o‘rgatilmoqda.

"Keksalar haftaligi" doirasidagi "Maqom kechalari" ijtimoiy-ma’rifiy loyihaga yanada zavq, fayz bag‘ishlamoqda.

 

N.Usmonova, O‘zA