French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nuroniylar yoshlarga o‘rnak bo‘lmoqda
14:17 / 2025-08-19

Buxoroda xalq xo‘jaligining turli jabhalarida mehnat qilib, ibratli hayot yo‘lini bosib o‘tgan faxriylar, nuroniylarning boy tajribasidan foydalanish, ularni yoshlar bilan yaqindan hamkorlikka chorlash, shuningdek, ajdodlardan meros bo‘lgan ezgu qadriyatlarni targ‘ib etish maqsadida “Bir nuroniy – o‘n yoshga mas’ul” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi  bo‘lib o‘tdi.

– Tanlovda nuroniylar yoshlarga ibrat bo‘ladigan hayotiy tajribalari, ma’naviy-axloqiy qarashlari, fikr-mulohazalari, yoshlar bilan ishlashdagi tashabbuslari bilan ishtirok etdi. Ushbu ko‘rik-tanlovning g‘olib va faol ishtirokchilari tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi, – deydi “Nuroniy” jamg‘armasi Olot tuman bo‘limi vakili, “G‘anchi Chandir” mahalla “Keksalar maslahati” guruhi raisi Jo‘ra Hamroyev.

Ushbu ko‘rik-tanlov yoshlarga mehr, nuroniylarga ehtirom ramzi bo‘lib, yosh avlodni vatanparvarlik, odob-axloq va milliy qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.