French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nuroniylar uchun tibbiy ko‘rik
16:30 / 2022-08-08

Qoraqalpog‘istonlik dam oluvchilar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Bu haqida Qashqadaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.  

Ta’kidlanishicha, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi tashabbusi bilan Shahrisabz tumanidagi “Miraki” sanatoriyasida dam olayotgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumanidan kelgan  200 nafar nuroniy otaxon va onaxonlar uchun tibbiy ko‘rik tashkil etildi.  

– Tumanimizga biriktirilgan Qashqadaryo viloyati mutasaddilaridan juda mamnunmiz, – deydi Qo‘ng‘irot tumani nuroniylar kengashi raisi Adilbay Nurillayev. – Ularning tashabbusi bilan tumanimiz obodonchiligiga katta hissa qo‘shilmoqda, hududimizda yangi ish o‘rinlari yaratilmoqda. Bizning shunday so‘lim sihatgohda hordiq chiqarib, salomatligimizni tiklashimizga, qolaversa, tibbiy ko‘rikdan o‘tishimizga imkoniyat yaratib bergan mas’ullarga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz. 

Tibbiy ko‘rik jarayonida viloyat va tuman markazidan kelgan tor soha mutaxassislari tomonidan mehmonlar salomatligi nazoratdan o‘tkazilib, ularga zarur tavsiyalar berildi.  

Ma’lumot o‘rnida: Prezidentimizning joriy yil  23-24 fevral kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga  tashrifi chog‘ida Orolbo‘yini birgalikda rivojlantirish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi tumanlari muayyan viloyatlar, jumladan, Qo‘ng‘irot tumani Qashqadaryo viloyatiga biriktirilgan edi. 

Shunga binoan, tegishli “yo‘l xaritasi” hamda Xalq deputatlari viloyat Kengashi va viloyat hokimining qaroriga asosan qo‘ng‘irotlik nuroniylar va yoshlarning yozgi mavsumda maroqli dam olishi uchun viloyat mahalliy byudjetining 2022 yil boshidagi erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan 740 million so‘m ajratilgan.  

O‘lmas Barotov, O‘zA