English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nuroniylar uchun sayohat
16:40 / 2022-11-02

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesidagi O'zLiDeP fraksiyasi a’zosi Bahodirjon Sidiqov tashabbusi bilan Nukus shahridagi “Amudaryo”, “Jiydeli baysun”, “Anasay” va “Samanbay” mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi 40 nafardan ziyod nuroniylar Buxoro va Samarqand shaharlariga sayohat qildi.

Keksalarni  e’zozlash,  ularga  hurmat-ehtirom ko‘rsatish  xalqimizga xos ezgu fazilatlardan biri hisoblanadi.   “Inson qadri uchun” tamoyili asosida olib borilayotgan islohotlar yurtimiz bo‘ylab keng quloch yoydi.  Ko‘z o‘ngimizda bo‘layotgan o‘zgarishlar, xalq farovonligi yo‘lida qilinayotgan bunyodkorlik ishlari, ko‘ngilni yashartiradi. Xalqimiz nuroniy faxriylarni hamisha hurmat qilib, ehtirom ko‘rsatib kelgan.  

Tadbirni tashkil etishdan maqsad ichki turizmni rivojlantirish, keksa avlod vakillariga hurmat va ehtirom ko‘rsatish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashdan iborat. Sayohat davomida nuroniylar Buxoro va Samarqand shaharlarining tarixi, madaniy meroslari, madaniyati  bilan yaqindan tanishib, ziyorat qildi.  

Yoshi ulug‘ onaxon va otaxonlar ko‘rsatilayotgan e’tibor uchun davlatimizga o‘z minnatdorligini bildirdi.      

Dovud ABIBULLAEV, O‘zA muxbiri