Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nuroniylar tajribasi yoshlar uchun ibrat
18:47 / 2023-06-23

Prezidentimiz tashabbusi bilan nuroniylarning bilim va boy hayotiy tajribasidan unumli foydalangan holda yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, nuroniylar va yoshlarning uzviy hamkorligini ta’minlash maqsadida mahallalarda “Bir nuroniy – o‘n yoshga mas’ul”, “Nuroniy – har bir oilaga mas’ul” tamoyillari asosida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Toshkent viloyati Quyichirchiq tumanida ham  bu boradagi ishlar o‘zining ijobiy natijasini ko‘rsatmoqda. Davlatimiz rahbarining joriy yil 11 martdagi “Keksa avlod vakillarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda ularning ijtimoiy faolligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar” to‘g‘risidagi qarori mazkur yo‘nalishdagi ishlar samaradorligini yanada oshirdi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.  

Mazkur hujjat ijrosi doirasida mahalla darajasida tizim yaratilib keksalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularga e’tiborni kuchaytirish, hamkorlikda ishlash maqsadida turli tadbirlar, uchrashuvlar tashkil etilmoqda. Quyichirchiq tumanida o‘tkazilgan navbatdagi uchrashuvda “Nuroniy” jamg‘armasi Respublika Boshqaruvi raisi, O‘zbekiston Qahramoni, senator S.Turdiyev, “Nuroniy” jamg‘armasi Toshkent viloyati bo‘limi raisi F.Omonov ishtirok etdi.  

– Tumanimizda 37 mahalla fuqarolar yig‘ini bor, – deydi “Nuroniy” jamg‘armasi Quyichirchiq tumani bo‘limi rahbari Nazira Salohiddinova. – “Bir nuroniy – o‘n yoshga mas’ul” tamoyili asosida 39 nafar nuroniyga 390 nafar ishsiz, profilaktika inspektori ro‘yxatida turgan, oilaviy ajrim yoqasidagi yoshlar biriktirilgan. Yoshlar muammolarini hal qilishda eng avvalo, ularning qiziqishlarini o‘rganib, shu asosda kasb-hunarga yo‘naltirishdan boshladik. Bu yondashuv yoshlarimizga ham ma’qul bo‘lmoqda. Chunki har bir inson o‘z qiziqishlari doirasida salohiyatini yuzaga chiqarishni istaydi.  

Amalga oshirilayotgan bu kabi ishlar va yaratilgan o‘ziga xos maktabning jihatlari haqida uchrashuvda alohida ta’kidlandi. Tadbir so‘ngida “Nuroniylar jamoatchilik kengashi”, “Keksalar maslahat” guruhi hamda “Buvijonlar maktabi” jamoat tuzilmasida faoliyat yuritayotgan jonkuyar nuroniylarga tashakkurnomalar topshirildi.  

Nilufar Bozorova, O‘zA