Buxoro viloyati Olot tumanida “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirishga faol nuroniylarni jalb etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror ijrosi yuzasidan o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi.
Seminarda O‘zbekiston mahallalari uyushmasining tuman bo‘limi, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi, “Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik” bo‘limi, shuningdek, “Nuroniy” jamg‘armasi tuman bo‘limi xodimlari ishtirok etdi. Shuningdek, tumandagi 35 ta mahalladan tanlab olingan 35 nafar “Keksalar maslahat guruhi” raislari hamda katta hayotiy tajribaga ega 105 nafar faol nuroniylar seminar qatnashchilari bo‘ldi.

– Seminar davomida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 27 dekabrdagi “Faol nuroniylarni kambag‘al oilalarga biriktirish hamda mahallada sog‘lom turmush tarzi va ijtimoiy-ma’naviy muhitni shakllantirishga jalb etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorining mazmun-mohiyati batafsil tushuntirib berildi, – deydi “Nuroniy” jamg‘armasi viloyat bo‘limi xodimi Z.Mirzayeva.
– Shuningdek, tumandagi “Usmonshayx”, “O‘zbekiston”, “Qirlishon”, “Ko‘l chovdur”, “Xidreyli” va “Qumkashon” mahalla fuqarolar yig‘inlaridan tanlab olingan faol nuroniylarning mahallalarda biriktirilgan kambag‘al oilalar bilan olib borayotgan ish faoliyati bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazilib, namunali tajribalar sifatida ko‘rsatib berildi.
Mazkur o‘quv-amaliy seminar yig‘ilish ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi hamda nuroniylarning jamiyatdagi faolligini yanada oshirishga xizmat qildi.
Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.