Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nuroniylar o‘z ibratli va xayrli faoliyatini namoyish etdi
16:09 / 2022-08-16

FOTOREPORTAJ

Termiz shahridagi Yoshlar markazida “Bir nuroniy o‘n yoshga mas’ul” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Ma’lumki, yurtimizda yoshi ulug‘ kishilarni e’zozlash, davlatimiz tomonidan keksalarni qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish borasida qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu kabi e’tiborga javoban faxriylarimiz jamoat hayotida o‘z faolligi bilan yoshlarga ibrat bo‘lish uchun harakat qilmoqda.

Davlatimiz rahbarining joriy yil 19 yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida tashkil etilgan tanlovda viloyat hududlaridan 15 nafar nuroniy ishtirok etdi.

Ishtirokchilar yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi o‘z ibratli va xayrli faoliyatini fotoalbom va videorolik orqali namoyish etdi. Shuningdek, ular hakamlar tomonidan berilgan savollarga javob berdi.

Termiz shahri vakili Chori Jumayev tanlov g‘olibi bo‘ldi. Boysunlik nuroniy Ramazon Abdullayev ikkinchi, Denov tumanidan qatnashgan otaxon Isoq Toirov uchinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi.

[gallery-8341]

Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat),O‘zA