Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nuroniylar e’zoz va e’tiborda
15:49 / 2021-12-09

Mamlakatimizda tashkil etilgan “Keksalar uchun turizm oyligi” doirasida Navoiy viloyati Nurota tumani Nuroniylar jamoatchilik kengashi tomonidan hududda istiqomat qiladigan 200 nafardan ziyod ijtimoiy faol nuroniy uchun Toshkent viloyati Qibray tumanida “Yangi O‘zbekiston bog‘i”ga, Samarqand, Buxoro, Navoiy shaharlaridagi muzeylar, ziyoratgoh va qadamjolarga sayyohatlar tashkil etildi.

Oylik doirasida madaniy meros ob’ektlari, “Nuroniylar maskani” va mahalla fuqarolar yig‘inlarida tumandagi hunarmand-ustalar, kulollar tomonidan yaratilgan milliy mahsulotlar hamda turli millat vakillarining 10 dan ortiq amaliy san’at, hunarmandchilik buyumlari, milliy liboslar ko‘rgazmalari tashkil etildi.

Tumandagi “Muruvvat” uyida istiqomat qilayotgan 20 nafar nuroniy uchun madaniy tadbirlar tashkil etilib, moddiy yordamlar uyushtirildi.

Mahallalarda keksalarni e’zozlash, ko‘makka muhtoj insonlarga moddiy ma’naviy yordam berish, xonadonlarda hasharlar o‘tkazish, uy-joylarini ta’mirlash bilan bog‘liq xayriya tadbirlarida 52 nafar birinchi guruh nogironligi bo‘lgan, 41 nafar yolg‘iz keksalar xonadonlarida hasharlar o‘tkazildi.

“Inson - inson uchun aziz” shiori ostida 125 nafar uyida yotib qolgan hamda shifoxonalarda davolanayotgan nuroniylar holidan xabar olindi.

“Nuroniylar maskani”da mahalla guzarlari va istirohat bog‘larida keksa avlod vakillari uchun “Ehtirom, e’zoz e’tibor” konsert dasturlari hamda ijtimoiy faol nuroniylarni bir piyola choyga taklif etgan holda “Yangi O‘zbekistonni barpo etishda nuroniylarning o‘rni” mavzusida 20 dan ortiq ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.

Mahallalarda keksalar va faxriylar o‘rtasida tongi jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari muntazam tashkil etilib, “Salomatlik uchun 5000 qadam” shiori ostida piyoda yurish tadbirlarida 2500 nafardan ortiq nuroniylar ishtirok etdi.

Shuningdek, oylik davomida tumandagi barcha ziyoratgoh va qabristonlarda hasharlar tashkil etildi.

 

S.Qulmanov,
Nurota tumani Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari.

 

O‘zA