Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nuroniylar duosini olib
09:20 / 2026-01-03

Bayram kunlari yurtimizda yoshi ulug‘ insonlar holidan xabar olishga oid xayrli ishlar ko‘lami tobora kengaygani e’tiborga molikdir.

Yangi yil ayyomi shukuhi kezib yurgan shu kunlarda O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov madaniyat va san’at sohasining keksa avlod vakillari xonadoniga tashrif buyurdi.

Vazir O.Nazarbekov mamlakatimiz madaniy hayoti rivojiga o‘ziga xos hissa qo‘shgan ustozlarni Yangi yil bayrami bilan tabrikladi. 

Muloqotlar samimiy va fayzli ruhda kechdi. Suhbatlar davomida mamlakatimizda yoshi ulug‘ insonlarni e’zozlash, ularga hurmat va ehtirom ko‘rsatish, nuroniylarning boy hayotiy tajribasidan yosh avlodni vatanparvarlik, elparvarlik ruhida tarbiyalash, oilalarni mustahkamlash, yoshlarning yuksak ma’naviyatli insonlar etib kamolga yetkazish borasida foydalanilayotgani alohida e’tirof etildi. 

Shuningdek, milliy madaniyatimizni yuksaltirish yo‘lida ko‘p yillar davomida ko‘rsatgan fidokorona mehnatlari, ibratli ijodiy faoliyatlari uchun chuqur minnatdorlik bildirdi. 

Ozodbek Nazarbekov nuroniylarning boy tajribasi va ma’naviy merosi yosh avlod uchun hamisha namuna ekanini alohida ta’kidladi.

Uchrashuv davomida nuroniylar mamlakatimizda tabarruk yoshdagi insonlarga ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik uchun minnatdorlik bildirib, yurtimiz doim tinch va osuda, hayotimiz yanada farovon bo‘lishi yo‘lida ezgu niyatlar ila duo qildi. 

N.Usmonova, O‘zA