FOTOREPORTAJ
Nukus shahridagi Qoraqalpoq davlat yosh tomoshabinlar teatrida «Nuroniylar - bizning e’zozimizda!» mavzuida madaniy tadbir o‘tkazildi. Unda turli sohalarda ko‘p yillar fidokorona mehnat qilgan otaxon va onaxonlar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Ta’kidlanganidek, Qoraqalpog‘iston Respublikasida bugungi kunda 155 mingdan ortiq keksa yoshdagi kishilar umrguzaronlik qilmoqda. Ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, jumladan, maroqli dam olishlari uchun tarixiy shaharlarga sayohat va ziyoratlar hamda qator madaniy tadbirlar tashkil etish ishlari doimiy e’tiborda.
[gallery-7672]
Tadbirda mahalla va jamiyat hayotida faollik ko‘rsatib, yosh avlodga ibrat bo‘lib kelayotgan nuroniylar rag‘batlantirildi. Taniqli san’atkorlar ijrosidagi konsert dasturi ko‘ngillarga yanada shodu xurramlik baxsh etdi.
Maqsad HABIBULLAEV (surat),O‘zA