Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nuroniylar “aql o‘yini”da bellashdi
11:13 / 2022-10-10

Xorazmda "Mahalla" xayriya jamoat fondi viloyat boshqaruvi, uning Yangibozor bo‘linmasi tashabbusi bilan Yangibozor tuman markaziy o‘yingohida davra suhbati, sportning shaxmat-shashka turi bo‘yicha musobaqa va ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

"Keksalar haftaligi" doirasida o‘tkazilgan tadbirlar keksa avlod vakillariga e’tibor va g‘amxo‘rlikni kuchaytirish, ularning turmush sharoitini yaxshilash, mazmunli hayot kechirishini ta’minlash, boy hayotiy tajribalaridan keng foydalanish maqsadida tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 27 sentyabrdagi “Keksa avlod vakillarining jamiyatdagi o‘rni va ijtimoiy faolligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, unda belgilab berilgan vazifalar ijrosi doirasida sportning shaxmat-shashka turi bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqaga Yangibozor tumanida istiqomat qilayotgan keksa avlod vakillari, davra suhbati va ma’naviy-ma’rifiy tadbirga esa tuman aholisi vakillari taklif etildi.

Qizg‘in kurashlar ostida o‘tgan musobaqada shaxmat-shashkasevar nuroniylar o‘z mahoratlarini ko‘rsatdi. Erkaklar o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqada birinchi o‘rinni "Ocha-qal’a" mahallasida yashovchi otaxon Qadamboy Matyusupov egallagan bo‘lsa, ayollar o‘rtasidagi musobaqada "Navro‘z"lik onaxon Aqila Eshchanova g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

 

O‘zA