French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nuroniy fidoyiligiga munosib ehtirom
19:27 / 2025-12-10

Jizzaxlik nufuzli nuroniy, Sharof Rashidov tumani “Qang‘li” mahallasidagi nuroniylar jamoatchilik kengashi raisi Imomqul Berdiyevga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovg‘asi — Cobalt avtomashinasi tantanali ravishda topshirildi.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarda faol ishtirok etib kelayotgan nuroniy jamoat ishlaridagi fidoyiligi bilan keng jamoatchilik hurmatiga sazovor bo‘ldi. Xususan, aholi bandligini ta’minlash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, to‘y-marosimlarni kamchiqim o‘tkazish bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib borish, ma’naviy muhitni barqarorlashtirish, totuvlikni mustahkamlash, xududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish kabi yo‘nalishlardagi tashabbus va amaliy ishlari alohida e’tirof etildi.

[gallery-26672]

Sovg‘a Jizzax viloyati hokimi Ulug‘bek Mustafoyev tomonidan tantanali ravishda topshirilib, nuroniyning xalq va jamiyat taraqqiyoti yo‘lidagi xizmatlari yuksak qadrlandi.

Ushbu ezgu amal mamlakatimizda keksalarga bo‘lgan ehtirom, ularning tajribasi va jamiyat rivojiga qo‘shgan hissasi qanchalik yuksak qadrlanishini yana bir bor namoyon etdi.

A.Qayumov, J.Yorbekov (surat), O‘zA muxbirlari