English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nurobodlik yoshlar eng faol kitobxon
12:27 / 2023-06-02

Aholi o‘rtasida kitobxonlikni ommalashtirish, ayniqsa, yoshlarning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, faol kitobxonlar safini kengaytirish orqali yosh avlodning intellektual salohiyatini oshirish maqsadida tashkil etilgan “Zukko kitobxon” tanlovining Samarqand viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Davlatimiz rahbarining 2022 yil 19 yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarorida belgilangan chora-tadbirlar ijrosi yuzasidan o‘tkazilayotgan “Zukko kitobxon” tanlovi yoshlar o‘rtasida ma’naviyat va kitobxonlikni keng targ‘ib qilishga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.  

[gallery-12164]

Tanlovda turli yosh toifasidagi kitobxonlar bir jamoa bo‘lib ishtirok etish imkoniyati yaratilgan. Bu ham joylarda kitobxonlikni ommalashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Tanlov shartlariga ko‘ra, ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan e’lon qilingan to‘rtta asar bo‘yicha tuzilgan 30 savol doirasida o‘zaro bahslashdi. Qizg‘in bellashuvlar yakunida “Zukko kitobxon” tanlovining Samarqand viloyati bosqichining ilk g‘olibligi Nurobod tumani jamoasiga nasib etdi. Ikkinchi o‘rinni Ishtixon tumani kitobxon yoshlari qo‘lga kiritgan bo‘lsa, uchinchi o‘rinni Toyloq tumani jamoasi qo‘lga kiritdi.  

Tanlov nizomiga muvofiq, g‘olib va sovrindor jamoalar, shuningdek, musobaqada faol ishtirok etgan kitobxonlar pul mukofotlari bilan taqdirlandi.  

 

G‘.HASANOV,  

A.ISROILOV (surat), O‘zA.