English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nurobod tumani hokimiga yana bir o‘rinbosar tayinlandi
18:35 / 2022-08-08

Sherxolov Samariddin Iskandarovich Nurobod tumani hokimining innovatsion rivojlanish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

1989 yil Nurobod tumanida tug‘ilgan S.Sherxolov tayinlovga qadar Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi mahallalarda murojaatlar bilan ishlash va interaktiv xizmatlar ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan.

Eslatib o‘tamiz, davlat rahbarining farmoniga ko‘ra, Samarqand viloyatida Urgut va Nurobod tumanlarini innovatsion hududga aylantirish va mazkur tumanlar hokimlariga ushbu masala bo‘yicha o‘rinbosar lavozimi joriy etish belgilangan edi. Bundan avval Urgut tumani hokimiga ham o‘rinbosar tayinlangani xabar qilingandi.

G‘olib Hasanov, O‘zA.